Dunyo
14.10.2026
1 994
Turkiya prezidenti Ar-Riyoddagi hujumlarni g‘ayriinsoniy deb atab, Anqara Saudiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportiga husiylar tomonidan uyushtirilgan hujumlarni keskin qoraladi. Davlat rahbari Anqara Saudiya Arabistoni bilan birdam ekanini bildirib, mintaqaviy mojarolarni jang maydonida emas, balki diplomatik muzokaralar stoli atrofida hal etishga chaqirdi.
Erdo‘g‘on o‘z bayonotida 10-oktyabr kuni aeroportga qilingan, 13 kishining o‘limiga va 300 dan ortiq odamning (jumladan, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining) jarohatlanishiga sabab bo‘lgan zarbani noqonuniy deb atadi. U halok bo‘lganlar, xususan, umra ziyoratiga borgan ziyoratchilarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, prezident yaqin kunlarda Makka mudofaa bo‘yicha qo‘shma kelishuvi ratifikatsiya qilinishi uchun Turkiya parlamentiga taqdim etilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi besh kun ichida Podshoh Xolid aeroporti to‘rt marta hujumga uchradi va 10-oktyabrdagi raketa zarbasidan buyon o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Yaman husiylari xorijiy samolyotlarni qirollikni tark etishga chaqirib, Saudiyani «harbiy operatsiya hududi» deb e’lon qilgan.
Ulashish: