O'zbekcha

O‘zbekistonlik shifokor Janubiy Koreyaga uchayotgan samolyotda og‘ir ahvoldagi ayolga yordam ko‘rsatdi

Jamiyat

13.10.2026

eye

1 555

Hasan Komilov qon bosimi keskin tushib, shok holatiga tushgan yo‘lovchiga zudlik bilan birinchi tibbiy ko‘mak berdi

news-single

O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga uchayotgan samolyot bortida 11-oktyabr kuni o‘zbekistonlik shifokor Hasan Komilov sog‘lig‘i og‘irlashgan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda parvoz guvohlaridan biri Threads ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Guvohning yozishicha, koreys millatiga mansub yo‘lovchi ayolning diastolik (pastki) qon bosimi 20 gacha tushib ketgan va og‘ir shok holati yuzaga kelgan. Bortda bo‘lgan o‘zbekistonlik shifokor vaziyatga zudlik bilan aralashib, bemorga kislorod bergan hamda deksametazon inyeksiyasini amalga oshirgan. Ko‘rsatilgan o‘z vaqtidagi yordam tufayli ayol Koreyaga sog‘-omon yetib borgan.

Parvoz davomida samolyotdagi boshqa o‘zbekistonlik yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari ham bemorga ko‘maklashib, suv, yostiq va ko‘rpalari bilan yordam berishgan. Post muallifi o‘zbekistonliklarning birdamligi hamda mehmondo‘stlik xislatlariga alohida minnatdorlik bildirgan.

Ulashish:

Sayt axborotlaridan foydalanishda “aksent.uz” sayti havolasi ko‘rsatilishi shart. 1043 sonli OAV (veb-sayt) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Aksent.uz tahririyatining telefon raqami

+ () --

aksent.uz © 2026