Jamiyat
13.10.2026
2 211
Mirzaobod tumanida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari me’yoridan ortiq yo‘lovchi tashiyotgan transportni aniqladi

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida Damas avtomobilida 11 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qoidabuzarlik holati tumanning «Toshkent» mahallasida o‘tkazilgan reydlar davomida aniqlangan. Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-8-moddasi (Yo‘lovchi tashish qoidalarini buzish)ga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Haydovchi o‘z aybini tan olib, bunday xavfli harakat boshqa takrorlanmasligini va bu ishi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytib, boshqa haydovchilarni ham bunday qoidabuzarlikdan tiyilishga chaqirgan.
Ulashish: