O'zbekcha

Toshkent viloyatida narkotik savdosiga voyaga yetmagan qizlarni jalb qilgan shaxslar ushlandi

Jamiyat

13.10.2026

eye

2 244

Chirchiq va Qibrayda o‘tkazilgan reydlarda 4,7 kg giyohvandlik moddalari musodara qilinib, 245 mingta bir martalik dozaning tarqalishi oldi olindi

news-single

© Foto: Sun'iy intellekt

Toshkent viloyatining Chirchiq shahri va Qibray tumanida giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2006-yilda tug‘ilgan qiz va uning 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan sherigi 41 dona sintetik vositani tarqatayotgan vaqtda ushlangan. Shuningdek, voyaga yetmagan qiz yashagan ijaradagi uydan 1 kilogramm 259 gramm sintetik modda topilgan. Yana bir holatda esa 2009-yilda tug‘ilgan qizni jalb qilgan guruh qo‘lga olinib, gumonlanuvchi ayolning xonadonidan 2,85 kg mefedron, 200 gramm alfa-PVP va 200 gramm geroin musodara qilingan.

Qibray tumanida esa internetdagi narkodo‘konlarga aloqador bo‘lgan va 200 dona o‘ramdagi moddalarni yashirishga uringan talaba hamda viloyatlik yoshlar qo‘lga olindi. Tezkor tadbirlar natijasida jami 4,7 kilogramm giyohvandlik vositasi musodara qilinib, 245 ming dona dozaning noqonuniy muomalaga kirishiga chek qo‘yildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ulashish:

Sayt axborotlaridan foydalanishda “aksent.uz” sayti havolasi ko‘rsatilishi shart. 1043 sonli OAV (veb-sayt) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Aksent.uz tahririyatining telefon raqami

+ () --

aksent.uz © 2026