Jamiyat
15.10.2026
2 233
«Ilhom» teatrida bo‘lib o‘tgan tadbirda ikkita maktabga avtobus kalitlari topshirildi hamda Til.uz loyihasi namoyish qilindi

2026-yil 14-oktyabr kuni «Ilhom» teatrida HAYOT Foundation tomonidan tashkil etilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Kechada hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida yangi bosqichdagi dastur va loyiha taqdimoti o‘tkazildi.
Teatr foyesida bo‘lib o‘tgan ochilish qismida «Maktabga Xavfsiz Harakat» dasturining yangi bosqichi taqdim etilib, ikkita maktabga avtobus kalitlari topshirildi. Marosimda hamkorlar sifatida «Gross» sug‘urta kompaniyasi boshqaruv raisi O. X. Nazarov, OFB korporativ maslahatchisi Bekzod Sobir o‘g‘li Tillayev hamda «Kelajak» Respublika markazi direktori I. A. Xoldarova so‘zga chiqdi.
Tadbirning keyingi qismida Til.uz loyihasining taqdimoti o‘tkazildi. Loyiha yuzasidan HAYOT Foundation vakillari K. Beknazarov va V. Komarova, «Gross» sug‘urta kompaniyasi boshqaruv raisi O. X. Nazarov hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Odiljon Tojiyev nutq so‘zladi.
Rasmiy taqdimotlar yakunlangach, mehmonlar tomosha zaliga taklif etildi va kecha spektakl namoyishi bilan yakunlandi.
Hamkorlik materiali
Ulashish: