O'zbekcha

Davlat xaridlarida ishtirok etgan tadbirkorlarga 19,6 mlrd so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi

Jamiyat

15.10.2026

eye

1 551

Prezident bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot topshiriqlari ijrosi doirasida 11 ta korxonaning garov mablag‘lari o‘z egalariga qaytarildi

news-single

© Foto: Sun'iy intellekt

Davlat xaridlari jarayonida qonunchilikda belgilangan barcha shart va majburiyatlarni to‘liq bajargan 11 ta tadbirkorlik subyektiga jami 19 milliard 649 million so‘mdan ortiq zakalat mablag‘lari qaytarildi. Ushbu amaliy choralar Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayon Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan VI ochiq muloqotida berilgan topshiriqlari ijrosi doirasida yo‘lga qo‘yildi. Qayd etilishicha, zakalat mablag‘larini qaytarish faqat tuzilgan shartnoma bo‘yicha tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish talablarini to‘liq va o‘z vaqtida bajargan korxonalar uchun tatbiq etilmoqda.

Ushbu mablag‘larning biznes vakillari ixtiyoriga qaytarilishi ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish, ishlab chiqarish faoliyatini barqaror davom ettirish hamda yangi davlat xaridlari va investitsiya loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ulashish:

Sayt axborotlaridan foydalanishda “aksent.uz” sayti havolasi ko‘rsatilishi shart. 1043 sonli OAV (veb-sayt) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Aksent.uz tahririyatining telefon raqami

+ () --

aksent.uz © 2026