O'zbekcha

Xitoydan O‘zbekistonga qariyb 25 kilogramm pregabalin olib kirishga urinish fosh etildi

Jamiyat

15.10.2026

eye

2 667

Guliston shahrida yashirin narkolaboratoriya tashkil etishga uringan 20–21 yoshli fuqarolar kuryerlik jo‘natmasini olayotganda qo‘lga olindi

news-single

Bojxona qo‘mitasining tezkor tuzilmalari DXX va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Xitoydan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasi orqali qariyb 25 kilogramm pregabalin kuchli taʼsir qiluvchi moddasini O‘zbekistonga olib kirish holatini fosh etdi. Hujjatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shiladigan rangli qo‘shimchalar deb ko‘rsatilgan posilka tekshirilganda, uning tarkibida oq rangli kristallsimon kukun borligi aniqlangan.

Tezkor tadbirlar davomida jo‘natma Telegram’dagi “Altair” akkaunti orqali Guliston shahrida yashovchi ikki nafar fuqaro nomiga yuborilgani maʼlum bo‘ldi. Gumonlanuvchilar Toshkent shahrida kuryerlik jo‘natmasini qabul qilib olayotgan vaqtda to‘xtatib qolingan. Ularning Guliston shahridagi yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilganda 8 ming dona bo‘sh kapsula, qo‘lbola usulda tayyorlangan 300 dona kapsula, ikkita elektron tarozi hamda 5 kilogramm mefedron moddasiga o‘xshash vosita topilgan.

Maʼlum qilinishicha, Guliston shahrida yashovchi 20–21 yoshli yigitlar internetdagi “SIMBIOZ” nomli narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘kon orqali noqonuniy faoliyat olib borgan hamda yashirin narkolaboratoriya tashkil etishga uringan. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ulashish:

Sayt axborotlaridan foydalanishda “aksent.uz” sayti havolasi ko‘rsatilishi shart. 1043 sonli OAV (veb-sayt) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Aksent.uz tahririyatining telefon raqami

+ () --

aksent.uz © 2026