O'zbekcha

Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Xitoy va Hindistondan o‘zib ketadi — BMT prognozi

Dunyo

16.10.2026

eye

1 125

UNCTAD hisobotiga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2026-yilda 8,8 foizga o‘sib, mintaqaning eng yetakchi drayverlaridan biriga aylanadi

news-single

© Foto: 24.kg

BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) e’lon qilgan “Savdo va taraqqiyot hisoboti — 2026”ga ko‘ra, Qirg‘iziston yalpi ichki mahsuloti 2026-yilda 8,8 foizga o‘sishi kutilmoqda. Mazkur ko‘rsatkich bilan mamlakat mintaqada kutilayotgan iqtisodiy o‘sish sur’atlari eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi.

Taqqoslash uchun, UNCTAD hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,9 foiz, Hindiston 7,3 foiz, Mo‘g‘uliston 7 foiz, Tojikiston 6,6 foiz, Indoneziya 5,2 foiz hamda Xitoy 4,5 foiz darajasida o‘sishi qayd etilgan. Qirg‘izistonning bunday yuqori natijalari global iqtisodiy sekinlashuv fonida yuz bermoqda. Xususan, jahon iqtisodiy o‘sishi 2026-yilda 2,6 foizgacha pasayishi prognoz qilinayotgan bir paytda, Osiyo qit’asi global o‘sishning taxminan 59 foizini ta’minlab, jahon iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib qoladi.

Shu bilan birga, xalqaro savdoda geosiyosiy ziddiyatlar, energiya narxlarining qimmatlashishi, savdo cheklovlari va qarz xarajatlarining ortishi kabi jiddiy xatarlar saqlanib qolmoqda. Mutaxassislar jahon bozorlariga chiqishda endilikda faqat mahsulot raqobatbardoshligi emas, balki texnologiyalar, moliyalashtirish va geosiyosiy omillar ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlamoqda.

Ulashish:

Sayt axborotlaridan foydalanishda “aksent.uz” sayti havolasi ko‘rsatilishi shart. 1043 sonli OAV (veb-sayt) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Aksent.uz tahririyatining telefon raqami

+ () --

aksent.uz © 2026