Dunyo
16.10.2026
3 322
“Qirg‘iztest” muassasasida ikki nafar da’vogar sinovdan o‘tdi, mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan

© Foto: 24.kg
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etishi kutilayotgan ikki nafar nomzod davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha test sinovidan o‘tdi. Bu haqda “Qirg‘iztest” davlat muassasasi rahbari Batma Topoyeva-Stavitskayaga tayanib mahalliy OAV xabar berdi. Belgilangan tartibga muvofiq, imtihon topshirgan shaxslarning ism-shariflari va sinov natijalari oshkor etilmaydi.
Mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan. Hozircha amaldagi prezident Sadir Japarov, sobiq ichki ishlar vaziri Omurbek Suvanaliyev hamda Moliyaviy politsiyaning sobiq rahbari Siymik Japiyeyev saylovda qatnashish niyatini bildirgan. Markaziy saylov komissiyasiga rasmiy arizalar qabul qilish jarayoni 13-noyabrga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Sadir Japarov saylov jarayonlariga oid farmonni imzolagan edi. Unga ko‘ra, o‘qituvchilar, talabalar, tibbiyot xodimlari va davlat xizmatchilarini saylovoldi tashviqotiga jalb etish qat’iyan taqiqlangan bo‘lib, ma’muriy resursdan foydalangan mansabdor shaxslar lavozimidan ozod etilishi belgilangan.
Ulashish: