O'zbekcha

UzAutoMotorsʼni sotib olishga uchta davlatdan xaridor chiqdi

Jamiyat

17.10.2026

eye

3 212

Davaktiv agentligi rahbari AQSH, Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalari qiziqish bildirganini, sotuv ochiq xalqaro savdolar orqali amalga oshirilishini ma’lum qildi

news-single

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi «UzAutoMotors» kompaniyasini xarid qilish bo‘yicha takliflar kelib tushmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov Toshkent shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Agentlik rahbarining ta’kidlashicha, ayni paytda AQSH, Janubiy Koreya va Xitoy kompaniyalari tomonidan qiziqish bildirilgan. Shunga qaramay, bu qiziqishlar korxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularga sotilishini anglatmaydi. Jarayon sog‘lom raqobat tamoyillariga mos ravishda, ochiq xalqaro savdolar orqali tashkil etiladi.

Hozirda kompaniyani xususiylashtirish strategiyasidan kelib chiqib tegishli reja tayyorlanmoqda. Navbatdagi bosqichda savdolarni tashkillashtiruvchi xalqaro konsultant aniqlanib, aktiv baholanadi va auditdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng mahalliy hamda xalqaro ommaviy axborot vositalari orqali xorijiy investorlar uchun rasmiy e’lon beriladi. Eslatib o‘tamiz, Prezident qaroriga muvofiq, «UzAutoMotors» (99,7 foiz) hamda «UzAutoMotors Powertrain» (100 foiz) kompaniyalarini xususiylashtirish ko‘zda tutilgan.

Ulashish:

Sayt axborotlaridan foydalanishda “aksent.uz” sayti havolasi ko‘rsatilishi shart. 1043 sonli OAV (veb-sayt) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma.

Aksent.uz tahririyatining telefon raqami

+ () --

aksent.uz © 2026