English

30-40-yillik daraxtlarni ko‘chirib o‘tqizishning iloji bormi?

Relation

04.06.2025

eye

45

news-single

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining ayrim hududlarida ko‘p yillik daraxtlar ko‘chirib olib ketilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Huquq faoli Saidali Muxtoraliyev bunday vaziyatlarga munosabat bildirdi(matn asl holatida berilmoqda).


30-40- yillik daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishning iloji bormi?

Hozir qimmatbaho navli daraxtlarning kesilishiga moratoriy joriy qilingani uchun, ayrim qonunbuzarlar moratoriyni baribir “aylanib o‘tish”ga harakat qilmoqdalar.

Ular qurilish va boshqa biznes loyihalarini amalga oshirish uchun hududdagi ko‘p yillik dov-daraxtlarni kesmasdan, uning o‘rniga ularni ko‘chirib o‘tkazish orqali yo‘qotishga urinmoqdalar.

Lekin, 30-40-yillik daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishga imkon bormi-yo‘qmi, bu haqida jiddiy bosh qotirilmayapti.

Birgina jihat haqida aytmoqchiman. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, ko‘chirib o‘tkazishga daraxtlar va butalarning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan, ularning yashovchanligini saqlab qolgan holda boshqa joyga ekish deya ta’rif berilgan.

Ya’ni, daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish deganda, eng avvalo, ularning ildiz tizimiga shikast yetkazmaslikni tushunamiz.

Shaxsan mendagi fikr shuki, ayni paytda bizda ko‘p yillik dov-daraxtlarni ularning ildiz tizimiga shikast yetkazmagan holda ko‘chira oladigan darajadagi maxsus texnika vositalari deyarli yo‘q.

Shunday ekan, hozirgi daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish ishlarining aksariyati shunchaki moratoriyni aylanib o‘tish bo‘lib qolmoqda xolos.

Daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha uslubiy metodikalar ishlab chiqilmas va buning uchun zaruriy maxsus texnikalar ko‘paytirilmas ekan, ko‘chirib o‘tkazish haqida gapirish hali erta deb hisoblayman.

Shu paytgacha ko‘chirib boshqa joyga qayta ekilgan ko‘p yillik darahtlarning bugungi holatini inventarizatsiya qilib ko‘ring, quruq gap aytmayotganimga amin bo‘lasiz.

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2025