Munosabat
21.09.2023
97
O'zgarishlar bo'yicha Otabek Bakirov o'z mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
© Photo: Engin Akyurt
Ma'lumki qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida tahlil qilingan. Bloger qaror loyihasi va tasdiqlangan matnda ayrim farqlar borligiga to‘xtalib o‘tgan.
Eng asosiy farq bu elektr energiyasining yirik iste'molchilari — yuridik shaxslar tomonidan tungi davrda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffisientni ko‘llash orqali hisob-kitob qilinishi o‘rnatilganligidir.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qaroriga muvofiq soat 22:00 dan 24:00 gacha va soat 00:00 dan 06:00 gacha tig‘iz vaqt hisoblanmay, bunda yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffisientni ko‘llash orqali, eng kam yuklamali soatlarda esa belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffisientni ko‘llash orqali va yarim tig‘iz paytda o‘rnatilgan tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
Aynan shu qarorning tig‘iz vaqt uchun belgilangan o‘suvchi tarif yangi qarorda ham qo‘llanilishi haqida ma'lumot berilmagan.
Qayd etish lozimki, bu norma hukumatning 2018 yildagi qarori bilan belgilangan qoidalarda ham mavjud edi, lekin amalda qo‘llanilganining tasdig‘i yo‘q. Shu bilan birga qoidalarda birinchi toifa iste'molchilar uchun eng katta yuklamali soatlarda (soat 6:00 dan 9:00 gacha va soat 17:00 dan 22:00 gacha) foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda o‘suvchi koeffisientni ko‘llash talabi ham mavjud edi (1 kt.soat uchun 1500 so‘m). Bu norma endi qo‘llaniladimi yo yo‘qmi, aniqlashtirilmagan
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2019 yildagi 633-son qaroriga ham ma'lum o‘zgartirishlar kiritilgan.
…4- band ham o‘z kuchini yo‘qotgan. Bu band Yunusobod tumanida bir nafar abonentga aholining elektr energiyasi iste'moli bazaviy normalari joriy etilishiga oid edi."
"Xuddi shu qarorning 2- bandidan 'Ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil' benzini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun har oylik kompensasiya miqdorini' aniqlashtiruvchi xatboshi olib tashlangan.
Sharing: