Munosabat
25.09.2023
210
© Photo: Sven Brandsma
O‘zgarishlar bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs munozaralar bo‘lmoqda. Filolog Shaxnoza Soatova o‘z telegram kanalida yuz berayotgan yangilanishlar haqida fikr mulohazalari bilan bo‘lishdi.
Kecha lotin alifbosini isloh qilish bo‘yicha anjumanga bordik. O‘zgarishlar minimal, 4 tagina harf juzʼiy o‘zgaryapti.
Meni quvontirgani, avvalo, shu loyiha yana kun tartibiga chiqib, “o‘lik nuqta”dan siljigani.
Bu safar olimlar va ziyolilar (anjumandagilar) va nihoyat murosa nuqtasini topishgandek taklif etilgan loyiha “konseptual maʼqullandi”. Albatta, ayrim qizishishlar ham bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa yana bahs qizimoqda (odatdagidek).
Lekin savod 4 tagina belgining o‘zgarishi tufayli yo‘qolib qolsa, u qanday savod? Androiddan IOSga 3 kunda ko‘nikadigan odamlar alifbodagi 4 ta belgi o‘zgarishiga ko‘nikisholmas ekan, savodsiz bo‘lib qolisharmish🤦♀️ Tashqarida 21-asr, hurmatlilar!
22-sentyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘ziga kelganda arzimas juzʼiy o‘zgarishlarni ham istamay, boshqalardan islohot kutish qanchalik to‘g‘ri?
Biz kurashayotgan narsa — o‘zgarishlardan qo‘rquv, qolgan argumentlar shu ildizdan o‘sib chiqyapti deb o‘ylayman.
Islohotchilar islohotdan qo‘rqmasligi kerak!
Alifbo islohi kerak.
Umid qilamizki, endi bu masala hal bo‘ladi!
Yirik o‘zgarishlar sifatida to‘rtta harfni yozilishini keltirib o‘tish mumkin. Bu masalaga Prezident Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi nutqlaridan birida ham eʼtibor berilgan edi.
Sharing: