Munosabat
03.10.2023
6 018
O‘qituvchilik bu juda ko‘p bilim, sabr-toqat va ijodkorlikni talab qiladigan o‘ta muhim va hurmatli ishdir.
Bugungi bayram munosabati bilan ustozlar haqida qiziqarli faktlar:
Ustoz dunyodagi eng qadimiy kasblardan biri. Birinchi maktablar Sharq mamlakatlarida - Ossuriya, Bobil va Xitoyda miloddan avvalgi IV ming yillikda paydo bo‘lgan.
"Maktab" so‘zi juda ko‘p tillarda bir-biriga o‘xshash so‘zlar bilan keladi. Ingliz tilida school, nem. schule, rus, ukr. shkóla, belor. shkóla, chex, slovak. škola, polyak. szkoła. Chunki bu so‘z lotin tilidagi "schola" so‘zidan paydo bo‘lgan. Ammo uning ma'nosi zamonaviy maktab tushunchasidan farq qilar edi, bu "dam olish" yoki hatto "bo‘sh vaqt"degan ma'nolarni anglatgan.
Ushbu bo‘sh vaqtlarda falsafa va din mavzularidagi suhbatlar bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan faylasuflar o‘z talabalariga ega bo‘lishni boshlaydilar va "maktab" atamasi aynan ta'lim jarayonini anglatishni boshlaydi.
Qadimgi Yunonistonda arifmetika o‘qituvchilarini kalkulyatorlar (calculus - toshcha) deb atashgan. Chunki, o‘sha davrlarda hisob-kitoblar uchun toshlar ishlatilgan.
Ba'zi mamlakatlardagi maktablarda o‘quvchilarga nisbatan jismoniy jazo qo‘llash rasman ruxsat berilgan, hatto o‘sha demokratik Amerikada ham ko‘plab Shtatlar jismoniy jazoni bekor qilmagan. O‘zbekistonda esa 1917 yildan beri rasman maktablarda o‘quvchilarni jismonan jazolashga ruxsat yo‘q.
Sovet davridagi "Доживем до понедельника" filmida Vyacheslav Tixonov gavdalantirgan o‘qituvchi Ilьya Melьnikov ko‘plab qizlar uchun haqiqiy erkak obrazi bo‘lib tuyulgan ekan. Aksar o‘qituvchi ayollarning fikriga ko‘ra, o‘sha paytda ular bunday odamni uchratib qolish uchun maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlashga qaror qilishgan.
G‘arbda ayol va erkak o‘qituvchilar soni deyarli teng. O‘zbekistonda o‘qituvchilarning taxminan 68% foizi ayollardan 32% erkaklardan iborat. Ammo Yaponiyada shuning teskarisi, o‘qituvchilarning atigi 30% ayollar 70% erkak o‘qituvchilardir.
2013 yilda pedagog kasbining ishonch bo‘yicha reytingi mumkin bo‘lgan besh balldan 3,72 ballni tashkil etgan (faqat olimlargina ulardan yuqoriroq ko‘rsatkichga ega - 3,86 ball).
O‘qituvchilik kasbi dunyodagi eng qiyin kasblardan biri hisoblanadi. Maktab o‘qituvchilarining stress darajasi qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar va aviadispetcherlarniki bilan teng.
Hurmatli ustozlar!
Bugun men sizni kasb bayramingiz - o‘qituvchilar kuni bilan tabriklamoqchiman! Siz bizning ustozlarimiz, ilhomlantiruvchilarimiz, qahramonlarimizsiz. Siz nafaqat bizga bilimlar berasiz, balki iste'dodlarimizni kashf qilasiz, ularni rivojlantirasiz, qiziqishlarimizni qo‘llab-quvvatlaysiz, mehribon, halol va mas'uliyatli bo‘lishga o‘rgatasiz.
Mehnatingiz, muhabbatingiz va sabringiz uchun sizga rahmat aytaman. Sog‘lik, baxt, muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilayman. Ishingiz hamisha sizga quvonch va mamnuniyat keltirsin. Talabalaringiz har doim sizni yutuqlari va minnatdorchiligi bilan xursand qilsin. Hamkasblaringiz sizni doimo qo‘llab-quvvatlasin va sizni qadrlasin. Hayotingizda doimo tinchlik va totuvlik hukm sursin.
O‘qituvchilar kuni bilan! Biz sizni juda yaxshi ko‘ramiz va hurmat qilamiz!
Sharing: