English

Faqat urush, faqat vahshat.

Munosabat

10.10.2023

eye

161

news-single

Yaqin Sharqdagi holat oddiy hal bo‘ladigan emas. Bloger Nurbek Alimov murakkab vaziyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Isroil Falastin muammosi aksar o‘zbeklarni tasavvurida bunday:

Falastin degan davlat bo‘lgan, keyin bu yerlarga Gitlerdan qochib kelayotgan yevreylar kelgan. Mehribon falastinliklar ularni ochiq yuz bilan kutib olib, oq yuvib oq tarab qarashgan. Ikiinchi Jahon urushi tugagandan keyin, bular endi bu yerlar bizga deb egallab olgan. Bora bora bu yerlardan falastinliklarni quvib chiqargan.

Klassik oq va qora jangi, yaxshilikka yomonlik qilgan manfur kimsalar haqida ertak. Faktlar esa emosiyalarga tupuradi.

Tak vot, Falastin degan davlat Isroil degan davlat bilan bir paytda paydo bo‘lgan. Falastin degan terminga davlatmas yer nomi sifatida qarash kerak buni yaxshiroq tushunish uchun. Falastin so‘zini o‘ziyam yevreylarni tili ivritdan kelib chiqqan. Yahudiylarga yerni Britaniya bergan, bu yerlarni ular BJU dan keyin San Remo konferensiyasiga ko‘ra Usmonlilardan tortvolgan mandat asosida. Eng qizig‘i, o‘sha urushlarda falastinlik arablar Usmonlilarga qarshi Britaniya safida turib urushishgan. Usmonlilarga qarshi pistirma, quduq zaharlash kabi diversiyalar qilib yurishgan.

1920-yil San Remo konferensiyasi

Britaniya mandati bu yerda Ikkita mustaqil davlat tashkil qilishmoqchi bo‘lgan.

Yaxudiylar va arablar davlatini. Ikkalasi deyarli bir paytda paydo bo‘lgan davlat sifatida. Isroil paydo bo‘lishiga unga qarshi arablar urush boshlashgan. Yo‘q qivorish uchun. (Mehmondorchilik?) Shu-shu mana shu urushlarni (o‘rtada 6 kunlik urush va Qiyomat qoyim urushlari) Isroil yutaverib xududi kengayib borgan. Birortasini Isroil boshlamagan bu urushlarni.

Uje yangi davrga kelib, Sektorni ham o‘ziga bo‘ysundirib olish maqsadida adolatsiz reydlar boshlagan Isroil. Shundayam masalan bitta falastinlik bitta avtobusni portlatvoradi, Isroil kirib bitta kvartalni yo‘q qivoradi, uylarni buzib tashlab o‘ziga qo‘shvoladi.

Falastin xududida mustaqil Falastin davlatini yaratilishiga Misr, Suriya, Transiordaniya qarshi chiqqan. Masalan xozirgi G‘azo Sektori yerlarini Misr o‘ziga qo‘shvolgan, xozirgi Falastinni poytaxti joylashgan asosiy qismi bo‘lmish Iordan daryosini g‘arbiy sohilini Transiordaniya o‘ziga qo‘shib olgan.

6 kunlik urushda Misr, Iordaniya, Suriya va Iroqni yengib, Sektorniyam Misrdan, Iordan daryosini g‘arbiy soxiliniyam Iordaniyadan bosvogan Isroil. Iordaniya davlati sharqiy sohilda qopketgan. Suriya doyim yig‘laydigan Golan tepaliklariniyam opqo‘ygan shu urushda. Senga urush bilan bostirib kirgan davlatlarni yengib, ularniyam yerini tortvolyapsan normalmi bu?

Bu yerlarda tinchlik bo‘lishi uchun XAMAS o‘zini "Isroilni mavjud bo‘lishga haqqi yo‘q" doktrinasidan kechishi kerak. Bundan kechmaguncha tinchlik bo‘maydi. Oslo kelishuvlarini o‘qib chiqing, o‘shanda Arafat voz kechgan shundan Isroilam ko‘p ustupkalar qilgan. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti olishgan. Prosto yo‘q biz umuman kelishmaymiz, Isroil davlati yo‘qolishi kerak yer yuzidan deb tursa tem bolee kuchsiz taraf, bundan bir ish chiqmaydi.

XAMAS da Islomiy Xartiya degan narsa bor, ular umuman 1948 yilgi xududlarda Falastin davlati bo‘lishini istashadi. Bunday bo‘lsa Isroil davlati yo‘q bo‘lib ketishi kerak absolyutno. Isroil esa bunga yo‘l qo‘ymasligi aniq. Xamas bu ideyadan kechmaydiyam. Mashnaqa dahshatli murakkab vaziyat Yaqin sharqda. Birovni uyini egallavogan ayiq ertagi kabi sodda emas.

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2025