Munosabat
09.10.2023
199
© Photo: Thomas Reaubourg/Unsplash
Dunyodagi eng yirik uchinchi shamol stansiyasi ishlab chiqaradigan elektr energiyasi qiymati qanchaga tushadi? Iqtisodchi Otabek Bakirov loyiha komponentlari bilan bo‘lishdi.
E'lon qilinganidan bir yildan sal ko‘proq vaqt o‘tib, Acwa Power ning Qoraqalpog‘istonda quriladigan shamol elektr stansiyalarining qator muhim komponentlari ma'lum bo‘ldi.
Demak, megaloyiha uchta alohida loyiha vositasida amalga oshiriladi:
1 067 mln.dollarlik Kungrad Wind 1
667 mln.dollarlik Kungrad Wind 2
667 mln.dollarlik Kungrad Wind 3
Har bir loyiha doirasida quvvati 500 MVt bo‘lgan, jami quvvati 1 500 Mvt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi. Shuningdek, har birining quvvati 100 MVtlik elektr energiyasini saqlash tizimlari, quvvati 500 Kvt bo‘lgan podstansiya hamda havo elektr uzatish tarmoqlari bunyod etiladi.
Kelishuvlarga ko‘ra, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 25 yil davomida O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari AJ tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi. Qayd etish kerakki, 10 kun avvalgi hujjatga ko‘ra, kelasi yildan boshlab, elektr energiyasini markazlashgan tarzda xarid qilish funksiyasi O‘zenergosotish AJga o‘tkazilishi belgilangandi.
Elektr energiyasining sotib olinishi va elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun to‘lovlar chet el valyutasida denominasiyalangan qat'iy tarif bo‘yicha amalga oshiriladi. Lekin bu tariflarning qiymati ochiqlanmagan. O‘zi oxirgi 1,5 yilda ma'qullangan barcha generasiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlarning ayni shu eng muhim qismi yopiq qolmoqda.
Qarorlar bilan Loyiha kompaniyasiga hisobvaraqlar ochish, to‘lovlarni amalga oshirish, hisob-kitoblar bo‘yicha istisnoli huquqlar taqdim etilgan.
Sharing: