World
01.04.2024
174
1 aprel jamoatchilik orasida hazillashish, yolg‘on gapirish kuni sifatida ko‘riladi. Ammo bu an’ana qanday paydo bo‘lgan?
Bu kun xalqaro hazil kuni emas, balki “Aprel ahmoqlari kuni” (April Fools’ Day) deb nomlanadi. Uning aniq kelib chiqishi noma’lum, ammo u haqda qator nazariyalar yo‘q emas.
Bir nazariyaga ko‘ra, XVI asrda 1 aprel ahmoqlari kunining kelib chiqishi Yulian taqvimidan Grigorian taqvimiga o‘tish bilan bog‘liq. Yulian kalendariga ko‘ra, yangi yil mart oyining oxiri yoki aprel oyining boshlarida boshlangan.
Grigorian taqvimi qabul qilinganda, ya’ni yangi yil 1 yanvarga ko‘chirilganda, ba’zi odamlar yangi sanani qabul qilishdan bosh tortdilar yoki o‘zgarishlar haqida eshitishga shoshildilar. Yangi yilni eski sanada nishonlashni davom ettirdilar. Ular 1 aprelda yolg‘on kuni hisoblab, bu kunda yolg‘on gapirishni odat qilishgan. Biroq, biz bilgan 1 apreldagi hazillashish kuni ba’zi mamlakatlarda 1 iyulda nishonlanadi.
Sharing: