English

Poyezdga chiptalarni vokzalga bormay qaytarish mumkinligini bilarmidingiz?

Info-provided

15.10.2023

eye

377

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ chiptalarni onlayn sotib olish va qaytarish uchun mobil ilovalardan foydalanishni tavsiya qildi

news-single

Chiptalarni rasmiylashtirishda fuqarolar temir yo‘l chiptaxonalariga bormasdan onlayn xarid qilish imkoniyati mavjud, deb yozadi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati.

Buning uchun eticket.railway.uz sayti yoki Android va iOS ilovalaridan foydalanish kerak bo'ladi.

Chiptalarni onlayn rasmiylashtirish mutlaqo xavfsiz. Barcha ma'lumotlar, jumladan, pasport va bank kartasi raqamlari, so'nggi xavfsizlik standartlariga muvofiq, xakerlik hujumlaridan himoyalangan.

Chiptalarni qaytarishda esa sayt yoki ilovadagi shaxsiy kabinetga kirib, “Chiptani qaytarish” tugmasini bosish lozim.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yo‘lovchilar haqida qayg‘uradi va ularga qulayliklar yaratishda davom etadi", - deb yozadi korxona matbuot xizmati.

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2025