English

Abbosbek Fayzullayev eng “qimmat” yosh futbolchilar ramziy terma jamoasidan joy oldi

Sport

01.04.2024

eye

53

news-single

Germaniyaning Transfermarkt portali Rossiya Premer-ligasida to‘p suruvchi 21 yoshdan katta bo‘lmagan eng “qimmat” futbolchilar ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev ham o‘rin oldi.

Ramziy terma jamoaga quyidagilar kiritildi:

  1. Darvozabon Daniil Xudyakov (“Lokomotiv”) — 1,5 mln yevro
  2. Himoyachi Sergey Volkov (“Krasnodar”) — 5 mln
  3. Himoyachi Viktor Melyoxin (“Rostov”) — 3,5 mln yevro
  4. Himoyachi Andrey Langovich (“Rostov”) — 1,5 mln yevro
  5. Himoyachi Daniil Denisov (“Spartak”) — 4 mln yevro
  6. Yarim himoyachi Sergey Pinyayev (“Lokomotiv”) — 8 mln yevro
  7. Yarim himoyachi Artyom Karpukas (“Lokomotiv”) — 6 mln yevro
  8. Yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev (“SSKA”) — 5 mln yevro
  9. Hujumchi Pedro Enrike Silva dos Santos (“Zenit”) — 7 mln yevro
  10. Hujumchi Konstantin Tyukavin (“Dinamo”) — 12 mln yevro
  11. Hujumchi Manfred Ugalde (“Spartak”) — 8 mln yevro

Eslatib o‘tamiz, Rossiya chempionatining ortda qolgan 21-turidan so‘ng Abbosbek to‘p surayotgan “SSKA” 33 ochko bilan 4-pog‘onadan joy oldi.

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2024