English

AQSHda maktab o‘quvchisi deya taxmin qilinayotgan shaxs otib o‘ldirildi

World

02.05.2024

eye

56

news-single

Viskonsin shtatidagi o‘rta maktab oldida qurollangan o‘smir politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Shtat bosh prokurori Josh Kaul kuch ishlatar tizim xodimlari maktab o‘quvchisi deb taxmin qilinayotgan shaxsni qurolsizlantirish vaqtida o‘q uzganini va gumondor vafot etganini tasdiqlagan. Bu haqida Washington Post xabar berdi.

Rasmiylar jurnalistlarga boshqa hech kim jabrlanmaganini va tergov davom etayotganini ma’lum qilishgan. Balog‘atga yetmagan erkak deb ta’riflanayotgan shaxsning aynan qaysi maktabda o‘qiganligiga doir ma’lumotlar mavjud emas.

Maktablardagi qurolli otishmalar nafaqat Amerika Qo‘shma Shtatlarda, balki butun dunyoda jiddiy xavotirlar uyg‘otmoqda. Maktab xavfsizligini kuchaytirish va profilaktika choralarini amalga oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga qaramay, bu fojiali hodisalar davom etyapti.

Ma’lumot uchun aytish mumkinki, XXI asr boshidan beri AQSHdagi davlat va xususiy maktablarda 1 375 tadan ortiq otishma sodir bo‘ldi. Ushbu xunrezliklarda 515 kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumgan bo‘lsa, 1 200 dan ortiq inson jarohatlangan.

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2025