Society
31.05.2024
203

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini qayerda va qanday o‘tkazish haqida bosh qotiryapsizmi? Ayniqsa, bu kunni oilaning eng kichiklari intizor kutayotgan bo‘lsa, e’tiborsiz qoldirish yaxshi ish bo‘lmaydi.
Quyida siz uchun foydali bo‘lgan ayrim manzillar va ularga doir ma’lumotlarni keltiramiz. O‘zingizga qulay bo‘lganini tanlab, u yerda farzandlar uchun chinakam bayram muhitini tuhfa etish mumkin.
"Ashxobod" bog‘i
Disneylend uslubidagi yorqin parad. Unda sevimli multfilmlarimizdan 100 nafar qahramon ishtirok etadi. Gigant pushkadan 20 000 ta yumshoq o‘yinchoq otiladi.
Magic City
Bayram munosabati bilan maskan mehmonlariga og‘irligi 1 tonna bo‘lgan ulkan tort tortiq qilinadi.
Dream Park
Barcha attraksionlarga 50 foizlik chegirma hamda animatsion shou va konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.
Xalqlar do‘stligi maydoni
Bayram munosabati bilan konsert va raqs dasturi hozirlab qo‘yilgan.
Yunusobod tumanidagi Safia Zenit filiali
Bu yerda sirk tomoshalari, o‘yinlar va tanlovlar, shirinliklar yarmarkasi, seminarlar va akvagrim, Villi Vonka va Umpa-lumpa bilan raqs hamda flesh-moblar, Safia zavodiga ekskursiya uchun maxsus chiptalar taqdim etiladi.
Tadbir 17:00 da boshlanadi.
"Do‘stlik" bog‘idagi mini zoopark
Bayram kuni bu yerda ponilar, echkilar, to‘tiqushlar, quyonlar (kichik va katta), Gvineya cho‘chqalari, tipratikanlar, oqqushlar, laylaklar, o‘rdaklarni tomosha qilish mumkin. Bolajonlarga esa o‘z qo‘llari bilan ovqat berishlariga va silab ko‘rishlariga ruxsat beriladi.
"Xamar" galereyasi
11:00 dan 18:00 gacha III Kolleksion qo‘g‘irchoqlar va mualliflik o‘yinchoqlari qo‘g‘irchoq uyi festivali bo‘lib o‘tadi. Unda turli xil texnikalarda 300 dan ortiq qo‘g‘irchoq va o‘yinchoqlar namoyish etiladi. Ishtirokchilar o‘zlariga ma’qul o‘yinchoqlarni sotib olishlari mumkin.
Sharing: