English

Davlat statistika qo‘mitasi Prezident huzuridagi Statistika agentligiga aylantirildi

Society

06.03.2024

eye

148

news-single

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tashkil etildi.

Qaror bilan Statistika agentligi huzuridagi Statistika kengashi yangilangan tarkibda tashkil etilib, uning vakolat va majburiyatlari mustahkamlab qo‘yildi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy statistika sifatini ta’minlash bo‘yicha bazaviy prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etilishini ta’minlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar:

- rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan tarqatiladigan statistika ma’lumotlari Statistika ma’lumotlarini ishlab chiqishning namunaviy modeli (GSBPM) asosida shakllantiriladi;

- BMT tomonidan tavsiya etilgan sifatni boshqarish bo‘yicha qo‘llanmalarni to‘liq joriy etish doirasida zarur tashkiliy choralar ko‘riladi.

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2025