Iqtisodiyot
13.12.2024
266

O‘zbekistonda so‘nggi 11 oyda soliq to‘lovchilar 101,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil yanvar-noyabr oylarida 949 ta yirik soliq to‘lovchilar 101,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.
Shundan:
54 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga;
7,8 trln so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Davlat ulushi bor korxonalar ro‘yxatida "Navoiy kon metallurgiya kombinati" AJ (24 833,3) bilan yetakchilik qilmoqda.
Qolgan o‘rinlarda esa "Olmaliq kon metallurgiya kombinati" AJ (7 965,8) va "O‘zbekneftgaz" AJ (3 866,1) qayd etilgan.
Sharing: