Society
04.04.2024
88

Ijtimoiy himoya milliy agentligi vazirlik va idoralar hamda korxona, tashkilotlar bilan hamkorlikda Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlarni e’lon qildi.
Nomzodlar vakant lavozimga ariza yuborishni Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz ga kirib, "Kabinetga kirish" tugmasini bosish orqali boshlashadi.
Keyingi qadamda OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi. Agarda nomzod oldinroq OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, unda login va parolni terib, shaxsiy kabinetga kirish mumkin.
Shundan so‘ng asosiy sahifaga o‘tib, "Vakansiya izlash" tugmasi bosiladi, "Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun" bo‘limiga o‘tiladi. Vakant ish o‘rni tanlanib, malaka talablari bilan tanishgandan so‘ng "Ariza yuborish" tugmasi bosiladi!
Ariza holatini "Mening arizalarim" bo‘limida kuzatib borish mumkin.
Eslatma: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga mo‘ljallangan vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar soddalashtirilgan tartibda tashkil etiladi.
Bunda:
➖ tanlovning barcha bosqichlari ish beruvchi tashkilot tomonidan tashkil etiladi;
➖ ushbu vakant lavozimlar uchun tanlovlarda test sinovi o‘tkazilmaydi.
Sharing: