English

O‘zbekiston-Fransiya universiteti tashkil etiladi

Relation

13.03.2024

eye

126

news-single

11 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Fransiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Tomonlar ikki davlatning oliy ta’lim, professional ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorligi hamda o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar. Xususan, Toshkent shahrida O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish, joriy yil sentyabr oyidan universitetning tayyorlov kurslarini ochish, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlarini yaratish va tasdiqlash, professor-o‘qituvchilarni jalb etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini Fransiyada amaliyot o‘tashlarini tashkillashtirish, talabalarga fransuz tilini o‘rgatish dasturlarini yanada takomillashtirish, fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha fikr almashildi. 

Joriy yilning oktyabr oyida Toshkentda bo‘ladigan O‘zbekiston-Fransiya rektorlar forumiga tayyorgarlik masalalari ham uchrashuv kun tartibidan o‘rin olgan edi.

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2025