English

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari o‘ntaligi e’lon qilindi

Sport

05.06.2024

eye

2 727

news-single

Germaniyaning futbolga ixtisoslashgan Transfermarkt nashri O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari o‘nligini e’lon qildi.

Milliy terma jamoamiz hamda Rossiyaning SSKA klubi o‘yinchisi Abbosbek Fayzullayev 6 million yevroga baholanib, eng qimmat o‘zbekistonlik futbolchi nomiga sazovor bo‘ldi. Italiyaning Roma klubi a’zosi Eldor Shomurodovning “narxi” 5 million yevroda belgilanib, u ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Fransiyada tup surayotgan markaziy himoyachimiz Abduqodir Husanovning ham bahosi ko‘tarildi – 2,5 mln yevro. Turkiyada o‘ynayotgan Otabek Shukurovning qiymati esa 2,5 mln yevrodan 2,2 mln yevroga kamaygan.

Aziz G‘aniyev 3 mln, Jaloliddin Masharipov 1,5 mln, Igor Sergeyev, Odiljon Hamrobekov va Husniddin Aliqulovlar 1,2 mln yevro darajasida qayd etilgan. O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilar top-10 ligini Oston O‘runov 1 mln yevrolik “qadri” bilan yakunlab berdi.

 

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2025