Society
05.10.2023
265
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi rasmiy munosabat bilan chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Benzonal" dori vositasining taqchilligi bo'yicha turli xabarlar tarqalgandi. "Benzonal xech qayerda yo'q: na xususiy, na davlat dorixonalarida ham," - deya shikoyat qilingandi.
“Benzonal” (xalqaro patentlanmagan nomi – benzobarbital) preparati vrach retsepti asosida beriladigan dori vositasi hisoblanadi. U kelib chiqishi turli bo‘lgan, shu jumladan fokal va Djekson xurujlari hollarida, shuningdek, tutqanoqning talvasali shakllarini davolashda qo‘llanadi.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berishicha, “Benzonal” dori vositasini erkin muomalaga chiqarilishida hech qanday to‘siq va cheklovlar yo‘q. Ushbu preparatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va sertifikatlashtirishda mahalliy va chet el ishlab chiqaruvchilariga qonunchilikda belgilangan tartibda yordam ko‘rsatishga tayyor.
Yurtimizda tarkibida benzobarbital moddasini saqlovchi 6 nomdagi dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Jumladan, Rossiyaning “Usole-Sibirskiy ximfarmzavod”, “TatXimFarmPreparati” hamda Armanistonning “Arpimed” kompaniyasi ishlab chiqaradigan "Benzonal", shuningdek, mahalliy “Neogalenpharm”, “Remedy Group” va “Merrymed Farm” kompaniyalarining “Benzonal-NGP”, “Benzonal-RG”, “Mer Benzonal” dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Ayni kunlarda aholining ushbu dori vositasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida mutasaddi tashkilotlar tegishli chora-tadbirlar olib borishmooqda.
Sharing: