Agar samokat haydovchisi yo'l harakati qoidalarini buzsa, u ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin
Elektrosamokat haydovchilari quyidagi yo'l harakati qoidalariga rioya qilishlari kerak:
- velosiped yo‘llarida, ular yo‘q bo‘lganda esa yo‘lning o‘ng chetida harakatlanish kerak;
- piyodalar harakatiga xalaqit bermasdan, piyodalar yo‘lakchasi chetida 5 km/soatgacha tezlikda harakatlanish kerak;
- elektrosamokat signal bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz bo'lishi zarur;
- yo‘lni kesib o‘tishda haydovchi elektr skuterdan tushishi kerak;
- tungi vaqtda elektrosamokat old tomonida oq rangli chiroq yoki nur qaytargich, orqa tomonda qizil chiroq yoki nur qaytargich, yon tomonlarda esa qizil yoki zarg'aldoq rangli nur qaytargich bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Haydovchilar nur qaytaruvchi kamzulda yoki nur qaytaruvchi elementlarga ega ustki kiyim kiyishlari kerak.
Taqiqlanadi:
- 14 yoshgacha bo'lgan shaxslar elektrosamokatni boshqarishi;
- rulni ushlamasdan yoki bir qo‘l bilan boshqarish;
- yo‘lovchi tashish;
- haydashga xalaqit beradigan yoki uzunligi va kengligi bo‘yicha elektrosamokat o‘lchamlaridan 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yuklarni tashish;
- maxsus velosiped yo'li bo'la turib, yo'lning qatnov qismidan harakatlanish.
Elektrosamokatda harakatlanayotganda motoshlem, hamda tirsak va tizzalarga himoya qiluvchi vositalarni kiyib olish tavsiya etiladi. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan taqdirda, samokat haydovchisi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi (Piyodalar va yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzishi) bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.