English

Qirg‘istonda ShHT, MDH va YeOII yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda

Politics

26.10.2023

eye

71

Bosh vazir Abdulla Aripov mazkur yig‘ilishlarda qatnashish uchun Bishkekda bo‘lib turibti

news-single

© Photo: Sputnik.kg

25-26 oktyabr kunlari Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishlarda qatnashish uchun Bishkekga yetib kelgan Bosh vazir Abdulla Aripov, 25 oktyabr kuni “Ala-Archa” qarorgohida Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Galovchenko uchrashdi.

Uchrashuvda hukumatlararo komissiyaning o‘ninchi yig‘ilishini va ikkinchi mintaqalararo forumini yil oxirigacha Toshkentda o‘tkazish taklif qilindi.

Bugun 26 oktyabr kuni yig‘ilishlar bo‘lib o‘tadi.

Dastlab ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining yig‘ilishi, keyinroq MDH va YeOII mamlakatlari bosh vazirlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Sharing:

When using the site information, the link to the "aksent.uz" site must be indicated. Certificate of state registration of mass media (website) No. 1043.

Aksent.uz editorial office phone number

+ () --

aksent.uz © 2025