Ўзбекча

Saida Mirziyoyeva Jenevada O‘zbekiston mustaqilligiga bag‘ishlangan tadbirda nutq so‘zladi

Сиёсат

18.09.2025

eye

15

news-single

Shveysariyaning Jeneva shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

Marosimda kelajak, islohotlar, barqaror taraqqiyot va madaniy aloqalar haqida fikr almashildi. Saida Mirziyoyeva chegaralardan qat’i nazar, barchamiz uchun muhim bo‘lgan qadriyatlarning ahamiyatini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Jenevadagi BMT binosida «O‘zbekiston xonasi» ochiladi.

«Bu madaniyatimizning mo‘jazgina bir bo‘lagi ko‘p millatli hamjamiyatga namoyish etiladigan maskan bo‘ladi. Shu orqali dunyoga ochiqligimizni yana bir bor namoyon etamiz», — dedi Mirziyoyeva.

Tashrif doirasida u Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala xonim bilan ham uchrashdi. Suhbatda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, ehtimoliy qiyinchiliklar va ishonchli hamkorlikning ahamiyati haqida ochiq mulohazalar bildirildi.

Улашиш:

Сайт ахборотларидан фойдаланишда «акцент.уз» сайти ҳаволаси кўрсатилиши шарт. 1043 сонли ОАВ (веб-сайт) давлат рўйхатидан ўтказилгани тўғрисидаги гувоҳнома.

Аксент.уз таҳририятининг телефон рақами

+ () --

акцент.уз © 2025