Русский

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar tusha boshlagan

Munosabat

29.09.2023

eye

119

news-single

Oxirgi ikki haftadagi kuzatuvlar koʼrsatmoqdaki, ikkilamchi avtomobil bozorida eng likvid hisoblangan Lacetti, Cobalt va Damas avtomobillari narxida sezilarli darajada pasayish yuz bermoqda.

Sentyabr boshida yangi Lacetti preyskurant va bozor narxida 5-6 ming dollarlik farq boʼlgan boʼlsa, hozir bu farq uzogʼi 3-4 ming dollargacha qisqargan, yangi Cobalt narxidagi farqlar 5-6 ming dollardan 4-5 ming dollargacha, yangi Damas narxidagi farqlar esa 3-3,5 ming dollardan 2,5-3 ming dollargacha pasaygan. 2022 yilgacha ishlab chiqarilgan avtoomobillar narxida ham 10 foiz atrofida pasayish tendensiyasi mavjud.

Mazkur jarayon uch omilga bogʼlanmoqda.

Birinchisi, avgustdagi qoʼshimcha kontraktatsiya qilingan avtomobillar bozorga faol olib chiqilmoqda va spekulyantlar oʼz marjasini tezroq olishga intilishmoqda. Shuningdek, narx shakllanishida sentyabrdagi kontraktatsiya uchun toʼlov amalga oshirishga yana mablagʼ kerak boʼlayotgani va oktyabrdan taklif yanada koʼpayishi bilan bogʼliq psixologik bosim ham yuz bermoqda.

Ikkinchidan, avgustning 20- sanasidan boshlab banklar avtokredit berish talablarini ancha qattiqlashtirishdi. Endi, aytaylik, dastlabki badalsiz yoki kam badal bilan avtokredit taklif etilmayapti. Sentyabrdan boshlab esa avtokreditlar spekulyatsiyasiga shoʼngʼib ketgan ayrim banklar oʼyindan vaqtincha chiqarildi. Tabiiyki, spekulyantlar banklardagi sheriklaridan ilgarigidek keng kredit yelkasini ola olishmaydi. Kredit kanalining ikkilamchi avtomobillar bozoriga taʼsiri yetarlicha qisqardi.

Uchinchidan, pul oʼtkazmalari qisqarayotgani va narxlar dollarda belgilanishi ham sezilmasdan qolayotgani yoʼq. Odatda mehnat migrantlari kuzga tomon oʼz pul oʼtkazmalarini kattagina qismini ular tomonidan bahorgacha "pul saqlab turadigan" investitsiya deb koʼriladigan avtomobilь sotib olishga yoʼnaltirishadi. Lekin bu mavsum vaziyat birmuncha murakkab, migrantlarimizning dollarda nominatsiyalangan daromadlari ham, oʼtkazmalari ham kamayib bormoqda. Shu maʼnoda pul oʼtkazmalari kanalining avtomobilь bozoriga taʼsiri ham soʼnib bormoqda.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025