Русский

Ishchi-xodimlarni qo‘llashdan davlat ham manfaatdor

Отношение

19.04.2024

eye

47

news-single

Huquqshunos Bahodir Axmedov sud undiruvi ijrosidagi navbat bo‘yicha taklif bilan chiqibdi.


MIBda undiruvdagi navbat

Bir tashkilot bilan sudlashyapsiz. O‘rtada olishingiz kerak bo‘lgan pul bor. Siz sudda yutdingiz. Keyingi qadam MIB. Agar bu kompaniya katta bo‘lsa va unga qarshi undiruv qarorlari ko‘p bo‘lishi mumkin. Shunday paytda ijrodagi navbat degan taomil bor. 

"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonun 80-moddasida birinchi navbatdagi undiruvlar mavjud. Bular:

▶️ byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha talablar; 

▶️ mehnatga oid munosabatlardan kelib chiqadigan talablar; 

▶️ alimentlar undirish bo‘yicha talablar; 

▶️ mualliflik shartnomalari bo‘yicha haqlarni to‘lash bo‘yicha talablar; 

▶️ hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha talablar; 

▶️ advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam haqini to‘lash bo‘yicha talablardir.

Mana shu Qonunga bir taklifim bor. Bundagi mehnatga oid (ish haqi, zararni qoplash) talablar eng old safga chiqarilishi kerak. Ishchi-xodimlarni qo‘llashdan davlat ham manfaatdor. IMHO 

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2024