Русский

4 milliondan ziyod xonadon uzluksiz toza energiya bilan ta’minlanadi

Экономика

13.12.2024

eye

63

news-single

Ayni vaqtda Xalqaro kongress markazida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi obyektlar va loyihalarni ishga tushirish marosimida nutq so‘zlamoqda.

Davlat rahbari qiymati 3,7 milliard dollarlik 18 ta yangi quvvatlar ishga tushirilayotgani va navbatdagi 6 ta loyiha qurilishiga start berilayotganini energetika sohasidagi tarixiy voqea deb atadi.

Xususan, Buxoro, Navoiy, Namangan va Toshkent viloyatlarida salkam 2,3 ming megavatt quvvatga ega 5 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi hamda 5 ta yuqori kuchlanishli podstansiya ishga tushirilmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor Andijon va Farg‘onada 300 megavattli yirik saqlash tizimi barpo etildi.

Shuningdek, Qashqadaryoda 400 megavattli elektr stansiyasi, Toshkent shahrida zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 4 ta kichik GES foydalanishga topshirilmoqda.

Xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni izchil davom ettirish yo‘lidagi yangi sahifa sifatida Farg‘ona, Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida qiymati 3,5 milliard dollar bo‘lgan 2,5 ming megavattli 6 ta elektr quvvatlari qurilishi boshlanmoqda.

Bugun ishga tushayotgan quvvatlar va yangi loyihalar orqali kelgusi yillarda qo‘shimcha 9,5 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilib, 2,5 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi, 4,6 million tonna zararli gazlar chiqarilishi oldi olinadi.

Eng muhimi – 4 milliondan ziyod xonadon uzluksiz toza energiya bilan ta’minlanadi.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025