Общество
31.07.2024
96
Nazorat xaridi uchun Toshkent shahridagi savdo shoxobchalaridan 9 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar xarid qilindi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarga sinovdan o‘tkazish uchun taqdim etildi. Sinov natijalarida 9 nomdagi mahsulotdan 8 tasi, ya’ni ularning 88 foizi amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiqligi ma’lum bo‘ldi.
Nazorat xaridi O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda boshlagan yangi loyihaga asosan tashkil etildi.
Mahsulotlarning sifati va xavfsizligi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar o‘z xulosalarini berdi.
Jumladan, texnik reglament yoki standart talablari bo‘yicha kamchiliklar mahsulotning tarkibi, yoriqlanishi va qadoqlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi ishlab chiqaruvchi korxonalarga tegishli ekanligi aniqlandi:
1. “BRUNI” shokoladli keks mahsuloti – ishlab chiqaruvchi korxona “Almerro Group” MCHJ;
2. “SELLATILGAN MOL GO‘SHTI oliy nav” konservalangan mol go‘shti mahsuloti – ishlab chiqaruvchi korxona “Marmaks” MCHJ QK;
3. “BIO KEFIR” kefiri – ishlab chiqaruvchi korxona “DIL-BAH DAIRY GROUP” MCHJ;
4. “Qand” mahsuloti – ishlab chiqaruvchi korxona “Prima industries group” MCHJ;
5. “Chernogolovka” gazlangan salqinlantiruvchi ichimlik – ishlab chiqaruvchi korxona “Aqua Products” MCHJ QK;
6. “Urussa” kungaboqar yog‘i – ishlab chiqaruvchi korxona “Resurs” moy ekstraksiya zavodi;
7. “Kunjutnoye maslo” yog‘ mahsuloti – ishlab chiqaruvchi korxona “Maxmadjon Nurafshon” XK;
8. “Sedana yog‘i” yog‘ mahsuloti – ishlab chiqarvchi korxona “Maxmadjon Nurafshon” XKlar.
Raqobat qo‘mitasi nazorat xaridi davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga chek qo‘yish yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Совместное использование: