Мир
26.09.2023
99
© Фото: Artika books
Gaudi 1852-yil 25 iyunda Reus shahridan uzoq boʼlmagan Riudoms qishlogʼida hunarmand oilasida tugʼildi. Bolakay Gaudi birʼoz nimjonroq oʼsib, bu uning asosiy vaqtini qishloqda taʼtilda oʼtkazishiga olib kelgan. Аynan shu qishloqda sevgilisi tabiat bilan yonma-yon boʼlib uning barcha goʼzalliklarini tanida his qildi. Qalbida tabiat sirini saqlab oʼzining yuksak sanʼat yaratish istagini pishirib bordi. Otasi va bobosi pech yasovchi ustalar boʼlib, yoshlikdan hajmi yirik joy va makonlar bilan ishlash koʼnikmalarini egalladi.
Gaudining dastlabki meʼmorchilik ishi. Barselona koʼchasidagi fonar.
Shunday qilib Gaudi arxitekturani mazmun va mohiyatini, tabiatning qonuniyatlarini angladi va ularga doim amal qildi. Gaudi oʼzi aytganidek “Originallik bu asl tabiatiga qaytishdir”.
Originallik bu asl tabiatiga qaytishdir.
Gaudi 1870 yil Barselonaga kelib, oʼz arxitektura bilimlarini oshirishga harakat qiladi, oʼqish uchun toʼlov qilishga bir necha joylarda ishlaydi. U hech qachon intizomli talaba boʼlmagan, ammo ayrim jixatlari bilan oʼsha vaqtni oʼzida ayrim professorlar nazariga tushgan. Аrxitektura maktabini tugallash chogʼida direktor Elies Rogent quyidagi soʼzlarni aytadi: “Janoblar, bilmadim biz kimga taʼlim berdik- telbagami yoki dahoga. Buni vaqt koʼrsatadi”.
Kasa Batl. Butunjahon merosi sifatida tan olinadi.
Oʼqishni tugatib Gaudi Barselonaga keladi, aynan shu yerda ispan milliy ishlab chiqarishining yetakchi kuchlaridan biri, sanʼat shaydosi graf Eusebio Guel bilan tanishadi. Qiziqishlar mushtarakligi ularni qalin doʼstga aylantiradi, bu doʼstlik sabab yosh arxitektor koʼplab loyihalar oladi. Shunday qilib bir necha durdona asarlar yaratiladi: Belesguard minorasi, Guel parki,Malorkadagi kafedral sobor taʼmirlanishi, Balьo va Mil uylari va albatta, betakror Sagrada Familiya
Neogotika uslubi tajribalariga tayangan holda arxitektor umuman yangi, boshqa uslublarga oʼxshamas sanʼat asarini yaratgan.
Quyida bu mukammal kompleksdan foto jamlanma taqdim etamiz.
Janoblar, bilmadim biz kimga taʼlim berdik- telbagami yoki daxoga. Buni vaqt koʼrsatadi.
Совместное использование: