Общество
26.04.2024
183
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 340 661 ta bo‘sh ish o‘rni (vakant) bor.
Joriy yil 24 aprel sanasiga qadar 6 151 432 ta mehnat shartnomasi yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Bo‘sh ish o‘rinlari esa:
- Davlat tashkilotlarida - 86 543 ta
- Xususiy subyektlarda - 254 118 tani tashkil qilmoqda.
Bo‘sh ish o‘rinlari 129 034 ta korxonada qayd etilgan.
Shu onda haqli bir savol tug‘iladi. 340 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lsada, nega odamlar ishsizlikdan qiynalmoqda? Bunga sabab malaka talabining yuqoriligimi, oylik maoshlarning kamligimi, ishga olishdagi nohaqliklarmi yoki ma’lumot yetarli emasligimi?
Siz nima deb o‘ylaysiz?
Совместное использование: