Русский

Bolangiz PUBG o‘ynasa, buning ham bir foydasi bor

Анализ

31.03.2024

eye

338

news-single

Sun’iy intellekt sohasida ko‘plab yutuqlarga erishgan britaniyalik tadbirkor Ser Demis Hassabisning BBCga ma’lum qilishicha, bolalarning o‘yin o‘ynashlari ularda ijodkorlik qobiliyatini rag‘batlantiradi.

Millioner ota-onalarga soatlab video-o‘yin o‘ynaydigan bolalarni shunday o‘yinlar yaratish va dasturlashga undash kerakligi haqida maslahat berdi. Uning fikricha, taqiqlar orqali muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. 

Google DeepMind asoschisi va rahbarining o‘zi ham yoshligida shaxmat va turli o‘yin o‘ynab ulg‘aygan. Ser Demisning aytishicha, o‘yinlar unga muvaffaqiyat qozonishga yordam bergan.

“Miyamizning ijodiy qismi ularni (o‘yinlarni) o‘ynash orqali hayotda tasavvur qilib bo‘lmaydigan holatlarni ko‘z oldiga keltirishga sabab bo‘ladi. O‘yinlar bolalarni g‘oliblik ruhiyatiga o‘rgatadi”, deydi mashhur dasturchi.

Ta’kidlash kerakki, video-o‘yinlarning bolalardagi ijodkorlik qobiliyatiga ijobiy ta’sirini AQSHning Michigan universiteti olimlari ilmiy jihatdan asoslab berishgan. Ular tadqiqot o‘tkazgan 500 nafar 12 yoshli bolalarning video-o‘yin o‘ynaydiganlarida ijodkorlik qobiliyati yuqoriligi kuzatilgan.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025