Общество
05.02.2025
214
Ishlab chiqarish rivojlanayotgan bir paytda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan elektr uskunalarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash alohida o‘rin tutadi. Elektr qurilmalarining ekspluatatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘in xavfi elektr tarmog‘ida mashina va apparatlarda yonish mumkin bo‘lgan himoya qatlami va yong‘in manbai borligi sababdir. Himoya qatlamida ishlatilayotgan matolar yonuvchandir (paxta va ipak, rezina, lak mato, qog‘oz, karton, polistirol, poliyetilen) havodagi kislorod bilan yengil alangalanuvchan suyuqlikning bug‘lari, ochiq xolda elektr qurilmalari montaj qilinganda har doim yonuvchi va portlovchi modda hosil bo‘lishi mumkin. Elektr moslamalaridagi yong‘inlarning sabablari: simlardagi mashina va apparat qisqa tutashuvi, o‘tkazgichlarning yuklanishi , uchqun va elektr yoyi katta o‘tish qarshiligi hisoblanadi.
Elektr qurilmalaridagi yong‘inning asosiy sabablari bo‘lib qisqa tutashuv va yong‘inga qarshi tartibni buzilishi hisoblanadi.
Qisqa tutashuv deb – fazalar orasidagi kichik qarshilik orqali ishni normal holatida ko‘zda tutilmagan tutashuvga aytilib, yerga yotqizilgan neytral tizimda esa – bir yoki bir nechta fazalarni yerga tutashib yerga o‘tishidir. Elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv tarmoqdagi umumiy qarshilikning tez kamayishiga olib keladi ( kamayish darajasi tarmoqdagi qisqa tutashuv nuqtasining o‘rniga bog‘liq), bu esa normal holatdagi tokga nisbatan tarmoq toklarini oshib ketishiga olib keladi.
Elektr qurilmalarida ortiqcha yuklanishi – deb shunday hodisaga aytiladiki, unda sim va kabellarning elektr tarmog‘ida, mashinalar chulg‘amlarida va apparatlarida ishchi tok ruxsat etilgan tokdan uzoq vaqtga kattadir, ya’ni ishchi tokning qiymati qabul qiluvchining quvvatiga va turiga tarmoqdagi kuchlanishga bog‘liq. Yuklama bo‘lmasligi uchun: o‘tkazuvchilarni kesim yuzasini qizishiga asoslanib to‘g‘ri tanlash kerak.
Katta o‘tish qarshiligi – deb shunday qarshilikka aytiladiki, tok bir simdan ikkinchi simga yoki simni qandaydir apparatga o‘tish joyida hosil bo‘ladi. Yuklamali tok o‘tganda bunday joylarda vaqt birligi ichida issiqlik ajralib chiqadi issiqlikning qiymati tokning kvadratiga va o‘tish kontakti bo‘lgan joy qarshiligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik Palatasi binosida yong‘in
xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish
bo‘linmasi inspektori,
katta leytenant V.Sarboyev
Совместное использование: