Здоровье
13.04.2024
381
Sog‘lom ovqatlanishga rioya qiluvchilar orasida go‘sht iste’mol qilish tartibi doim muhokamalarga sabab bo‘lib kelgan. Kimlardir bu mahsulotda oqsil borligi uchun ko‘p iste’mol qilinishi lozim desa, yana kimlardir uning hazm bo‘lish jarayonidagi zararli ta’sirlar tufayli cheklashga harakat qilishadi.
Mutaxassislar fikricha:
- go‘shtda mavjud bo‘lgan oqsil inson tanasi a’zolariga foydali. Biroq me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, uning foydasiga nisbatan zarari ko‘payadi;
- oqsilni faqat go‘shtdan izlash xato. Biologik oqsillar tuxum, sut, baliq, tovuq go‘shti, guruch, bug‘doy kabi mahsulotlarda va mevalarda ko‘p miqdorda bo‘ladi;
- go‘shtdagi oqsilga bo‘lgan talabning o‘rnini tuxum, parranda go‘shti va baliq iste’mol qilish orqali o‘zgartirish mumkin. Bu bir vaqtning o‘zida ortiqcha vazn muammosini hal qilishga ham yordam beradi;
- tanadagi oqsilga bo‘lgan ehtiyojni yong‘oq, dukkakli mahsulotlar va sabzavotlarga boy taomlarni iste’mol qilish orqali ham qondirish mumkin. Bu kechki tanovulda go‘sht yeyishdan ko‘ra foydaliroq va yengil hazm bo‘lish xususiyatiga ega bo‘ladi;
- go‘sht iste’mol qilishni haftada bir yoki ikki martaga kamaytirish kerak. Tadqiqotlar o‘ta qizil va lahm go‘shtni ko‘p yeyishni saraton xavfining oshishi bilan bog‘laydi;
- nonushtada go‘shtli mahsulotlardan iloji boricha voz kechish va tuxum iste’mol qilish anchagina foydali bo‘ladi;
- go‘shtni xona sharoitida pishirganda yog‘dan foydalanish tavsiya etilmaydi. Bu qo‘shimcha kaloriyaga sabab bo‘ladi;
- go‘shtdan voz kecha olmaydigan odamlar uni sabzavotlar bilan birgalikda iste’mol qilsa ortiqcha kaloriyalar parchalanadi va zarar kamayadi.
Совместное использование: