Русский

Infratuzilma hamma uchun: Jasur Jumayev teng imkoniyatlar haqida

Общество

28.04.2025

eye

26

news-single

Shahar infratuzilmasi haqiqatan ham hamma uchun teng imkoniyatlar yaratib beryaptimi? Nogironligi bor fuqarolar uchun hayotda qanday muammolar saqlanib qolmoqda?

"Deputat bilan bir kun" loyihasi doirasida Qonunchilik palatasi deputati Jasur Jumayev shahar infratuzilmasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.


Nogironligi bor insonlar vakili sifatida tarixga kirgan deputat

Jasur Alimboyevich Jumayev — 2024 yilgi parlament saylovlarida O‘zbekiston tarixida birinchi marta nogironligi bor inson sifatida deputatlikka saylangan shaxs. U Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasi safida faoliyat yuritadi.

Shaxsiy hayot tajribasi va ijtimoiy faolligi tufayli Jumayev jamiyatda nogironligi bor insonlar uchun haqiqiy teng sharoit yaratish va infratuzilmani inklyuziv qilish borasida faol harakat qilib kelmoqda.


Quruq rasmiyat uchun qurilgan panduslar

Shahar bo‘ylab harakatlangan Jumayev, panduslar, metro bekatlari, avtobuslar va yerosti yo‘laklarini ko‘zdan kechirdi. Uning ta’kidlashicha, ko‘plab panduslar nogironlar uchun amalda qulay emas, balki rasmiy hisobotlar uchun qurilgan.

Muammo, albatta, faqat panduslarda emas. Jamoat transporti, metro infratuzilmasi va boshqa maskanlar ham nogironligi bor insonlar uchun yetarlicha moslashtirilmagan. Bugungi infratuzilma barcha fuqarolarning erkin va teng harakatlanish huquqini to‘liq ta’minlay olmayapti.


Sijjak qishlog‘ida xalq bilan yuzma-yuz muloqot

Deputat o‘zining tug‘ilgan Sijjak qishlog‘iga ham tashrif buyurdi. U yerda mahalliy aholi bilan uchrashib, ularning infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar va kundalik hayotdagi muammolari haqida bevosita suhbatlashdi.

Jasur Jumayev qishloq aholisi bildirgan fikrlarni va muammolarni parlament muhokamalari va mas’ul idoralar ko‘rib chiqishi uchun yetkazishini va’da berdi.


Inklyuzivlik haqiqiy bo‘lishi kerak

Deputat ta’kidladiki, inklyuzivlik faqat qonunlarda yoki shiorlarda emas, balki hayotning o‘zida amalda bo‘lishi kerak. Har bir pandus, har bir yo‘l, har bir avtobus va har bir jamoat muassasasi nogironligi bor insonlar uchun haqiqiy qulaylik yaratishi lozim.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025