Общество
28.05.2024
293
2024/2025 o‘quv yilidan ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi. Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi.
Bu Prezidentning “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga byudjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq belgilandi.
Yangi o‘quv yilidan joriy etiladigan ta’lim kreditini talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida hamda o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganlar olishi mumkin.
Agar oliy ta’lim muassasalari ikkinchi va undan yuqori kurs talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim krediti ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
2024/2025 o‘quv yili boshlangungacha ta’lim krediti olish uchun arizalarni “Ta’lim krediti” axborot tizimi (ta’lim-krediti.mf.uz) va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin.
Совместное использование: