Русский

Konstitutsiyaning audiokitobi  varianti

Общество

26.04.2024

eye

396

news-single

O‘zbekiston Konstitutsiyasining audio varianti yaratildi. Audiokitob yangi tahrirdagi Bosh Qomusimiz haqida bilimlarni aholining barcha qatlamlari orasida ommalashtirish, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek matnlarni o‘qiy olmaydiganlarga qo‘llanma yaratish maqsadida vujudga keldi.

Loyiha tashabbusi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi Robaxon Mahmudovaga tegishli.

Audiokitobni yaratishda soha mutaxassislari va partiya faollarining taklif va tavsiyalari inobatga olindi. U muharrir Islom Hamroyev, rejissyor Hojiakbar Rasulov va suxandon Navfal Boltayevdan iborat professional jamoa tomonidan yozib olindi.

Kitob nafaqat to‘liq ma’lumotli, balki o‘qish uchun ham qiziqarli bo‘lishiga e’tibor berilgan. Zamonaviy texnologiyalar va suxandon mahorati Konstitutsiya matnini keng auditoriya uchun tushunarli va oson qilgan.

Hozirda audiokitobning taqdimotiga tayyorgarlik ishlari avjida. Texnologik asar ta’lim muassasalari, nogironligi bo‘lgan insonlar bilan ishlash jamiyatlari, kutubxonalar va boshqa muassasalarda tarqatilishi rejalashtirilgan.

Konstitutsiya audiokitobining yaratilishi huquqiy davlat qurish va aholi orasida huquqiy madaniyat darajasini oshirish yo‘lidagi yana bir qadamdir.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025