Русский

“Mahalla yettiligi” — yangi, o‘zini oqlagan tizim

Общество

03.10.2024

eye

84

news-single

Samarqandda 2-5-oktyabr kunlari “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda. Mazkur xalqaro tadbir dunyoning ko‘plab nufuzli tuzilmalari hamda 20dan ortiq mamlakatlar ekspertlarini yagona platformaga birlashtiradi.

Joriy yil boshida davlat rahbarining tegishli qaror va farmonlari asosida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etildi.  O‘tgan davr mobaynida Uyushma tomonidan o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish, ayni yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, dunyoning turli nufuzli tuzilmalari bilan aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga delegatsiyalarimizning tashriflari amalga oshirildi.

Mazkur xalqaro tadbir ham dunyoning ko‘plab nufuzli tuzilmalari hamda 20dan ortiq mamlakatlar ekspertlarini yagona platformaga birlashtiradi.

Xalqaro anjumanda jumladan, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi,  Unicef, UNDP, UNODC, UNFPA, USAID kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy mamlakatlarning yurtimizdagi elchilari, o‘zbekistonlik soha mutaxassislari, olimlar, mahalla faollari ishtirok etmoqda.

Konferensiyada dunyoning nufuzli ekspertlari o‘zini o‘zi boshqarish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar siyosati, ijtimoiy himoya,  mahallada tadbirkorlikni keng tadbiq etish kabi yo‘nalishlarda jahondagi eng ilg‘or tajribalarni o‘rganadi.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025