Русский

Multimilliarder 4 oyga “kesildi”

Мир

03.05.2024

eye

102

news-single

Dunyodagi eng yirik Binance kriptovalyuta birjasi asoschisi xitoy-kanadalik tadbirkor Changpeng Chjao 4 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CNN xabar beradi.

AQSHning Vashington shtati federal sudidagi prokurorlar unga uch yillik qamoq jazosi, himoyachi esa besh oylik sinov muddatini so‘ragan edi. Chjao bank siri to‘g‘risidagi qonun talabiga binoan pul yuvishga qarshi samarali dasturni ataylab amalga oshirmaganlikda ayblangan.

Shuningdek, u Binance’ga noqonuniy faoliyatdan olingan daromadlarni, jumladan, amerikaliklar va sanksiyalar ostidagi shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini boshqarishga ruxsat berganlikda ayblanmoqda.

Tadbirkor AQSH federal sudi va prokuraturasi bilan faol hamkorlik qilishni boshlagach, kelishuvga erishildi. Chjao 50 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘lgan, shuningdek 4 oylik qamoq jazosini ham o‘tashi ko‘zda tutilyapti.

Kelishuv doirasida ishbilarmon shirkatning bosh direktori lavozimidan ketdi, u endi kompaniyani boshqarmaydi. Chjao Binance aksiyalarining taxminan 90 foiziga egalik qilardi.

Forbes nashriga ko‘ra, Changpeng Chjao 33 milliard AQSH dollarilik aktivlarga ega bo‘lib, 2024-yilda jahonning eng badavlat insonlari ro‘yxatida 50-o‘rinni egallagan.

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2025