Спорт
13.05.2024
112
Grand Chess Tour doirasidagi Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Superbet Poland 2024 turniri yakunlandi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 11 ming AQSH dollari ishlab oldi.
Vunderkind yurtdoshimiz musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egalladi. Bellashuvda to‘rt karra jahon chempioni Magnus Karlsen yana chempion bo‘ldi. Shuningdek, xitoylik shaxmatchi Vey Yi 2-o‘rin, mezbon Yan-Kriztof Duda esa kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Turnirning sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil etdi. Nodirbek Abdusattorovga esa musobaqada 17.5 ochko bilan 6-o‘rinni egallagani uchun 11 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti berildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi 2024 yil boshida Prague Chess Festival va TePe Sigeman Chess Tournament kabi nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi.
Совместное использование: