Мир
23.04.2024
165

Niderlandiyada marjon riflarini saqlab qolish bo‘yicha global sa’y-harakatlar doirasida "Nuh kemasi"ni yaratish ustida ish boshladilar.
Marjonlar global miqyosda iqlim o‘zgarishi, haddan ortiq baliq ovlash va dengiz suvlarining ifloslanish tahdidi ostida yo‘qolib ketmoqda. Arnhem shahridagi Burgers hayvonot bog‘ida tabiatni muhofaza qiluvchilar yo‘qolib borayotgan turlarning zaxira nusxasini yaratish loyihasini “Nuh kemasi” deya nomlashdi.
“Sharoit yaxshilanganda marjonni asl yashash joyiga qaytarish mumkin. Ushbu loyiha marjonlarning o‘ziga xos zaxirasini yaratadi, shuning uchun ular yovvoyi tabiatda yo‘qolib ketsa ham, biz ularni akvariumda saqlab qolamiz”, dedi hayvonot bog‘i biologi Niyenke Klerks.
Hozirda dunyoda bir nechta mamlakat hukumatlari dengiz marjon riflarini saqlab qolish uchun aynan shu usuldan foydalanishni reja qilganlar.
Совместное использование: