Общество
23.09.2025
18
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Davlat rahbari, avvalo, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva va Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan muloqot qildi. Suhbatlarda O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va strategik hamkorlikning yangi yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Prezidentimiz AQSHning yetakchi biznes va moliya kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular orasida:
Blackrock kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi;
Citigroup moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Dugan;
Franklin Templeton kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonson;
shuningdek Traxys, FLSmidth, McKinsey, Go Green Partners kompaniyalari hamda Kolorado geologiya maktabi rahbarlari bor.
Uchrashuvlarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish, yangi ishlab chiqarish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, “yashil energetika” va innovatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkdagi uchrashuvlari O‘zbekiston bilan xalqaro moliya institutlari va yirik kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Совместное использование: