Русский

"Uzbekistan Airways" o‘quvchi va talabalar uchun chegirma e’lon qildi

Общество

10.12.2024

eye

220

news-single

O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50% gacha chegirma e’lon qilindi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

Yo‘lovchi tashish tariflariga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar ham o‘rnatiladi. Ularga 50% gacha taqdim etiladigan chegirma amal qilmaydi.  

Aviachiptani 50% gacha chegirma bilan aviakompaniya agentlaridan va Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan Uzbekistan Airways Sales filialida xarid qilishingiz mumkin.

 

Aksiyasining batafsil shartlari:

 

  • 1. Chegirmalar 2024-yil 23-dekabridan 2025-yil 7-yanvarigacha amalga oshiriladigan ichki reyslarga taaluqlidir. 
  • 2. Chegirmalarni birlashtirish taqiqlanadi;
  • 3. Aviachipta xarid qilayotganda talabalar MyGov.uz orqali olingan yoki ta’lim muassasasidan berilgan ularning o‘qishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim qilishlari kerak;
  • 4. Chegirmali aviachiptalarni sotish “Uzbekistan Airways” AJning Uzbekistan Airways Sales filialida va filialning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi savdo agentlarida amalga oshiriladi;
  • 5. 2024-yil 10-dekabrdan 2025-yil 7-yanvargacha bo‘lgan davrda V-klass va undan yuqori tariflardan chegirma bilan sotishga ruxsat beriladi.  
  • 6. “L”, “U”, “S”, “O”, klasslari, biznes-klass tariflari, shuningdek “Uzbekistan Helicopters” va “Silk Avia” MChJ aviaqatnovlari uchun chegirma taqdim etilmaydi. 
  • 7. Аgar sanalardan biri chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmasa, parvoz turli aviachiptalar yordamida rasmiylashtirilishi kerak. 
  • 8. Аviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Qisman foydalanilgan aviachipta uchun to‘lovni qaytarish summasini hisoblash uchun chegirma qo‘llanilmagan holda ishlatilgan segment uchun yo‘l haqi yechib olinadi;
  • 9. Foydalanilmayotgan yoki qisman foydalanilgan aviachipta qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, agar jo‘nab ketish sanalaridan biri chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmasa, chegirma qo‘llanilmaydi va chegirmasiz qayta rasmiylashtiriladi.
  • 10. Chegirma aviachiptalarni Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin. 

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2026