Русский

Yangi reytingda o‘zbek bokschilari nechanchi o‘rinda?

Спорт

05.06.2024

eye

1 104

news-single

WBA (Butunjahon boks assotsiatsiyasi) 2024 yil may oyi yakunlariga ko‘ra o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. 3 nafar o‘zbek bokschi o‘z vazn toifalarida peshqadam, yana biri chempion sifatida qayd etildi.

Reytingdan 8 bokschimiz o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vaznlarida 1-o‘rinni egallab turishipti. Isroil Madrimov esa super yarim o‘rta vazn chempioni hisoblanadi.

Reytingdagi bokschilarimiz: 

1. Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — vazn chempioni;

2. Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

3. Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) — o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

4. Hasanboy Do‘smatov — (minimal vazn) o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

5. Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) — o‘tgan oydagi singari 4-o‘rin;

6. Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) — o‘tgan oydagi singari 4-o‘rin;

7. Botir Ahmedov (super yengil vazn) — 10-o‘rin (o‘tgan oyda 9-o‘rinda edi);

8. Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) — 10-o‘rin (o‘tgan oyda 9-o‘rinda edi).

Совместное использование:

При использовании информации сайта обязательно указывается ссылка на сайт «aksent.uz». Свидетельство о государственной регистрации средства массовой информации (сайт) № 1043.

Телефон редакции Aksent.uz

+ () --

aksent.uz © 2026