Мир
06.10.2025
23
2025-yil 6–7-oktabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining Gabala shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi sammitida ishtirok etadi. Bu yilgi yigʻilish “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusiga bagʻishlanib, Turkiy mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etiladi.
Sammit davomida siyosat, savdo-iqtisodiyot, innovatsiya, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro siyosatning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ham fikr almashadilar.
Yigʻilish yakunida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bir qator qoʻshma qaror va hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Совместное использование: